Minni Kids

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 24-sentabr

Qanday ma’lumot saqlaymiz

  • Ota-ona: Telegram orqali kirilganda telefon raqami va ismi; Google orqali kirilganda email manzili va ismi.
  • Bola: ismi, tug‘ilgan yili, tanlangan avatar va o‘yindagi natijalari (qaysi topshiriqlar bajarilgani).
  • To‘lov: tarif, summa va ota-ona yuklagan chek rasmi.

Nima uchun

Faqat xizmatni ko‘rsatish uchun: akkauntga kirish, bolaga mos topshiriqlarni tanlash, ota-onaga natijalarni ko‘rsatish va to‘lovni tasdiqlash. Reklama yubormaymiz va ma’lumotlarni hech kimga sotmaymiz yoki bermaymiz.

Google va Telegram

Google orqali kirishda faqat email manzilingiz va ismingizni olamiz (Google hisobingizdagi boshqa ma’lumotlarga kirmaymiz). Telegram orqali kirishda telefon raqamingizni faqat o‘zingiz «Raqamni ulashish» tugmasini bosganingizda olamiz.

Xavfsizlik

Kirish sessiyalari shifrlangan holda saqlanadi, sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi.

Ma’lumotlarni o‘chirish

Akkaunt va bolaga oid barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun @MinniKidsBot ga yozing yoki [email protected] manziliga xat yuboring — 7 kun ichida o‘chiramiz.